BIOLOGIYA FANINI 3D TEXONOLOGIYALARI ASOSIDA O`QITISH TIZIMI

Biologiya fanini 3D texnologiyalari asosida o‘qitish tizimi zamonaviy ta’limning samarali yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning biologik bilimlarini chuqurlashtirish, fazoviy tafakkurini rivojlantirish va ta’lim jarayonini innovatsion asosda tashkil etish imkonini beradi.

BIOLOGIYA FANINI 3D TEXONOLOGIYALARI ASOSIDA O`QITISH TIZIMI

Biologiya fanini o‘qitishda 3D texnologiyalardan foydalanishning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda biologik jarayonlar, obyektlar va tizimlar haqidagi fazoviy tasavvurni shakllantirish, murakkab biologik tuzilmalarni tushunishni osonlashtirish hamda bilimlarni mustahkamlash samaradorligini oshirishdan iborat.

3D texnologiyalar biologiyani o‘qitishda quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • murakkab biologik obyektlarni vizual va interaktiv ko‘rinishda namoyish etish;

  • biologik jarayonlarni (mitoz, meyoz, fotosintez, qon aylanishi) dinamik modellashtirish;

  • laboratoriya ishlarini virtual muhitda bajarish;

  • o‘quvchilarning mustaqil va tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish;

  • tushunish, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.